Sohaga GxP standartlarining joriy etilishi nima beradi?

02.02.2024 1129

Aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan taʼminlash uchun ular xalqaro darajada eʼtirof etilgan standartlar asosida ishlab chiqarilishi, saqlanishi, laboratoriya ekspertizasidan va klinik tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlarining ushbu talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida GxP konsepsiyasi joriy etilgan.